Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 7 martdan amal qiluvchi kurslarini e’lon qildi.

  • 1 AQSh dollari 10,18 so‘mga ko‘tarildi va 10 910,43 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 59,64 so‘mga pasaydi va 12 017,84 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 6,06 so‘mga ko‘tarildi va 99,10 so‘mga teng bo‘ldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni jismoniy shaxslar banklardan 60 mln rubl xarid qilgan bo‘lsa, qariyb 5,5 mln Rossiya valyutasini sotgan.

Avvalroq O‘zbekistonda banklar o‘zining valyuta ayirboshlash shoxobchalarida Rossiya rublini almashtirishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Markaziy bank ularga valyuta kursini belgilashda sotib olish va sotish kurslari o‘rtasidagi «maqbul bo‘ladigan farq darajasini» saqlab qolishni tavsiya qildi.