1−2 mart kunlari «Uzbekistan Airways» AJning samolyotlari bilan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 1 186 nafar o‘zbekistonliklar Ukrainadan evakuatsiya qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili axborot berdi.

2 mart kuni yana ikkita evakuatsiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Birinchi reys Toshkent shahridan 2 mart tongda soat 07:00 da uchib ketgan bo‘lsa, keyingisi soat 10:00 da parvoz qilishi rejalashtirilgan edi.

Keltirilishicha, Polsha hududida mamlakatimizning 800 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 350 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, 450 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.

«O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan jangovar harakatlar ketayotganiga qaramay, mamlakatimiz fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda», — deya ta’kidladi Yusup Kabuljanov.

O‘zbekistonning Polsha va Ukrainadagi diplomatik vakolatxonalari uzluksiz tartibda ishlayotgani, fuqarolar uchun issiq ovqat yetkazilib, zarur hollarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatilayotgani ma’lum qilingan.

Avvalroq, «Gazeta.uz» Toshkentga 251 kishini olib kelgan birinchi evakuatsiya reysi yo‘lovchilarining hikoyalarini e’lon qilgandi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi raqamlari:

+380 44 501 50 00,

+380 44 501 41 81,

+380 44 501 41 82,

+380 44 501 41 83.

O‘zbekistonning Polshadagi Elchixonasi raqamlari:

Maruf Karimov («Karchova» nazorat-o‘tish punktida): +48 508 064 333; Telegram: +99893 5947557.

Asqar Beknazarov (Katovitse shahri aeroportida): +48 508 995 888; Telegram: + 99890 1160084.

Sardor Axmatov (Elchixonada): +48 502 501 588; Telegram: + 99894 6541010.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining «koll-markazi»:

1164 va @Miduzbshtab Telegram-kanali.