1 mart kuni soat 15.05 da Polshaning Katovitse shahridan Ukrainadan evakuatsiya qilingan 253 nafar O‘zbekiston fuqarolari «Uzbekistan Airways kompaniyasining uchinchi maxsus samolyoti bilan Toshkentga uchib ketdi. Bu haqda TIV rasmiy vakili xabar berdi.

Samolyot bortida — 68 nafar ayol, 54 nafar bolakay va 12 chaqaloq bor. Bort Toshkentga taxminan 20:45 da qo‘nishi kutilmoqda.

Ukrainadan Polsha hududi orqali evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolarining umumiy soni 762 nafarga yetdi.

Bugun yana ikkita reys tashkil etilishi kutilmoqda, deyiladi TIV xabarida.

O‘zbekiston fuqarolari «Karchova» nazorat punktiga kelishda davom etmoqda, ular ham tez orada Toshkentga qaytariladi.

Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni soat 23:00da Toshkent aeroportiga Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning birinchi reysi qo‘ndi. 241 kishi Polshaning Katovitse shahridan yetib keldi, u yerda fuqarolar Lvov orqali olib chiqilgan. «Gazeta.uz» muxbiri maxsus reys fuqarolari va uchib kelish zalida ularni kutib olayotgan insonlar bilan muloqot qildi.

1 mart kuni mahalliy vaqt bilan v 09:15 Uzbekistan Airways tomonidan Ukrainadan evakuatsiya qilingan bortida 258 nafar fuqaro bo‘lgan ikkinchi maxsus reys Toshkentga yetib keldi. Vatanga jami 509 vatandoshlar qaytarilgan.

«Korchova» nazorat o‘tkazish punktidagi to‘planish zonasida yana 650 dan ortiq fuqarolar qolmoqda, ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ularning evakuatsiyasi uchun qo‘shimcha maxsus bortlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Reyslar soni O‘zbekistonga qaytishga qaror qilgan fuqarolar soniga bog‘liq bo‘ladi. Vatandoshlar evakuatsiyasini O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi muvofiqlashtirib bormoqda.