1 mart kuni ertalab Rossiya harbiylari Ozodlik maydoni va Xarkov viloyati davlat administratsiyasi binosi raketadan o‘qqa tutdi, deb xabar bermoqda Ukrainaning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, administratsiya maydoni, opera teatri, filarmoniya binosi va turar-joy massivining bir qismi (4−5 qavatlari)ga zarbaga uchragan. O‘qqa tutish oqibatida olti kishi jarohat olgan, ular orasida bir nafar bola ham bor. Halok bo‘lganlar soni aniqlashtirilmoqda, deyiladi xabarda.


Kuni kecha og‘ir artilleriya qurolidan Xarkovning aholi turar-joy massivlari o‘qqa tutilgan edi. Oqibatda 11 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ziyodi jarohat oldi.