28 fevral kuni Toshkent vaqti bilan taxminan 17:15 da Polshaning Katovitse shahridan «Uzbekistan Airways «AJ maxsus samolyoti Ukrainadan evakuatsiya qilingan fuqarolarimiz bilan uchib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili xabar berdi.


Ular orasida ayollar, bolalar, talabalar va turli sohalar xodimlari bor.

Ayni paytda «Karchova» nazorat-o‘tish punktida Ukrainaning Lvov shahridan kelgan O‘zbekiston fuqarolari uchun to‘planish nuqtasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan, bugun kun davomida yurtdoshlarimizni olib ketish uchun yana bir maxsus samolyot tashkil etiladi.


«Dunyo» AA ma’lumotiga ko‘ra, ikkinchi bort allaqachon Toshkent uchib ketgan. U Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Polshaga yetib borishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi xabariga ko‘ra, o‘zbekistonliklarni Lvovdan chegara postiga qadar tezroq olib borish uchun 7 ta avtobus ijaraga olingan. Biroq, hanuz Lvovga O‘zbekistonga qaytishni xohlovchi fuqarolar tashrif buyurmoqda.