Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z Twitter sahifasida Ukraina Rossiya ustidan BMT Xalqaro sudiga shikoyat kiritganini e’lon qildi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya o‘z agressiyasini oqlash uchun «genotsid» tushunchasini manipulyatsiya qilganligi tufayli javobgarlikka tortilishi kerak.

«Biz Rossiyani harbiy harakatlarni hoziroq to‘xtatishga buyuradigan shoshilinch qarorni talab qilamiz va sud jarayonlari kelasi hafta boshlanishini kutamiz», — deydi u.

Bundan avval Yevropa va AQSh Rossiyaga nisbatan yangi «qattiq moliyaviy sanksiyalar» qo‘llashga kelishib olgani haqida yozgan edik. Unga ko‘ra, Rossiyaning sanksiya ostidagi banklari SWIFT tizimidan uzib qo‘yiladi. Shuningdek, Rossiya hukumatiga aloqador shaxslarning xorijdagi aktivlari muzlatiladi.