AQSh prezidenti Jo Bayden Davlat departamenti — tashqi siyosat mahkamasiga Ukraina uchun 600 mln dollar miqdorida yordam ajratish topshirig‘ini berdi. Oq uy prezident imzolagan hujjat matnini e’lon qildi.
«Davlat kotibiga zudlik bilan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish vakolati berilsin», — deyiladi AQSh prezidenti imzolagan hujjatda.
AQSh davlat kotibi vakolatlari doirasida Ukrainaga 250 mln dollar miqdorida beg‘araz yordam ajratish AQSh manfaatlariga mos kelish-kelmasligini aniqlashi kerak, deyiladi hujjatda. Yana 350 mln dollar mudofaa sohasiga, jumladan, o‘qitish va mashg‘ulotlarni tashkil etishga yo‘naltiriladi.
Avvalroq Oy uch Kongressdan Ukrainaga yordam uchun 6,4 mlrd dollar ajratishni so‘ragani ma’lum qilingan edi.
Shu bilan birga, Washington Post nashri AQsh Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Kiyevdan xavfsizroq joyga evakuatsiya qilish taklifini bildirgani, biroq Zelenskiy bu taklifni rad etganini xabar qilgan edi.
Zelenskiy ma’muriyati u poytaxtda qolishi va uning mudofaasiga shaxsan rahbarlik qilishini aytganini ma’lum qildi. Bir necha daqiqalar muqaddam Zelenskiy Kiyevdan videomurojaat qilib, uning mamlakatni tark etgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini bildirdi.