Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan yig‘ilishda ukrainalik harbiylarni mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga taklif qildi, deya xabar qildi RIA Novosti.

«Kiyevda qo‘nim topgan va butun Ukraina xalqini garovga olgan bu narkoman va neonatsistlar to‘dasidan ko‘ra, sizlar bilan kelishuvga erishishimiz osonroq ko‘rinadi», — dedi u.

Xabarda qayd etilishicha, Rossiya rahbari ukrain askarlarini radikallarga tinch aholidan jonli qalqon sifatida foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.

Shuningdek, Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainaga nisbatan maxsus operatsiyalari jarayonida asosiy to‘qnashuvlar ukrain doimiy qo‘shinlari bilan emas, balki millatchi tuzilmalar bilan" bo‘lib o‘tayotganini ta’kidladi. U «Ukrainadagi millatchilar xorijiy ekspertlar, birinchi navbatda amerikalik maslahatchilarning ko‘rsatmalari asosida jang olib borayotganini» qo‘shimcha qildi.