24 fevral kuni Toshkent shahrida Mirzo Ulug‘bek metro stansiyasida o‘zini poyezd ostiga tashlagan erkak vafot etdi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Xayot Shamsuddinov.

Hodisa 21:00 larda ro‘y bergan.

Hodisa natijasida metroning Chilonzor liniyasining yo‘nalishida harakat to‘xtab qolgan.

Halok bo‘lgan erkakning shaxsi aniqlashtirilgan: fuqaro Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida yashagan 1984 yilda tug‘ilgan E.Sh. ekani aytilmoqda.

Erkak olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Erkakning o‘z joniga su’iqasd qilish sabablari o‘rganilmoqda.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.