24 fevral, payshanba kuni O‘zbekistonda 156 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Bu bir kun oldingi (140 ta) holatga qaraganda ko‘proq.

Bundan tashqari, 26 kishida (bir kun ilgari 24) pnevmoniya aniqlandi, deb xabar bermoqda SSV.

COVID-19 yuqtirib olgan fuqarolarning rasman ro‘yxatga olingan soni 236 mingdan oshdi.

Payshanba kuni eng ko‘p holat Toshkentda — 58 ta, Toshkent viloyatida — 33 ta, Samarqandda — 23 ta qayd etildi. Boshqa hududlarda 10 ta holatdan kamroqni tashkil etmoqda.

Kun davomida virus asoratlari oqibatida 2 kishi vafot etdi. O‘lim holatlarining rasman ro‘yxatga olingan soni 1628 tani tashkil etmoqda.