Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) yettinchi rus harbiy samolyoti urib tushirilganini ma’lum qildi. Ushbu xabarni Ukraina birlashgan harbiy kuchlari ham tasdiqladi, deya xabar qildi UNIAN axborot agentligi.

Shu bilan birgalikda, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Mariupol va Schaste ustidan nazorat qaytarib olinganini e’lon qildi. Xerson yo‘nalishida ham qizg‘in janglar ketayotgani aytildi.

Bundan tashqari, Kiyevning turli qismlari portlash ovozlari eshitilgan. Xususan, Reuters poytaxtda kuchli portlash eshitilganini xabar qildi. Qayd etilishicha, Kiyev yaqinidagi Brovari shaharchasidagi harbiy obyektga Rossiya tomonidan ikkita qanotli raketa uchirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur obyekt aks etgani aytilgan videoda tarqaldi. Unda bombardimon qilingan bino vayronalarini ko‘rish mumkin.

Xarkov viloyatining Chuguyev shahrida esa turar joy binosi o‘qqa tutilishi natijasida yosh bola halok bo‘ldi, deya xabar berdi ukrain FVV.

Mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga umummilliy harbiy safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi.

Chexiya prezidenti Milosh Zeman Rossiyani SWIFT xalqaro to‘lovlar tizimidan chiqarib yuborishga chaqirdi.

Avvalroq Ukraina prezidenti idorasi rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich hujumlar natijasida 40 dan ortiq ukrainalik askarlar halok bo‘lgani, o‘nlab kishilar yaralanganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina havodan hujumga qarshi mudofaa obyektlari to‘liq bostirilganini e’lon qilgan edi. Bir vaqtning o‘zida UNIAN axborot agentligi Ukraina bosh shtabi Donbassdagi harbiy harakatlar zonasida tajovuzkor tomonning beshta samolyoti va vertolyoti urib tushirilgani haqida xabar berdi.