22 fevral kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 138 (avvalgi kun — 175) kishi va pnevmoniyaga chalingan 27 (31) kishi ro‘xatga olingan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.

Bu 5 yanvardan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. O‘sha kuni 146 ta holat qayd etilgandi.

Pandemiya boshlanganidan buyon rasman qayd etilgan COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 235,7 ming nafarni tashkil etdi.

Foto: SSV.

Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida mos ravishda 56 (bir kun avval — 88) va 21 (39) tagacha kamaygani kuzatilmoqda. Samarqand viloyatida 18 ta, boshqa viloyatlarda esa kasallik aniqlanganlar soni 10 tadan ko‘p emas.

Shuningdek, kun davomida virus asoratlari oqibatida 1 nafar bemor vafot etdi. Rasmiy ro‘yxatga olingan o‘limlarning umumiy soni 1624 nafarni tashkil qildi.