Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 23 fevraldan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 18,27 so‘mga pasaydi va 10 869,80 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 69,67 so‘mga pasaydi va 12 303,53 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 5,33 so‘mga pasaydi va 136,24 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 46,85 so‘mga ko‘tarilib, 10 888,07 so‘mni tashkil qilgandi.