21 fevral kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 175 (bir kun oldin — 160) nafarga va pnevmoniya bilan kasallanganlar soni 31 (34) nafarga yetdi, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.

Pandemiya boshidan beri rasman ro‘yxatga olingan COVID-19 holatining umumiy soni 235,6 mingtani tashkil etdi.

Toshkent shahrida yangi kasallanganlar soni 88 ta (bir kun avval — 77), Toshkent viloyatida — 39 (27) tani tashkil etdi. Boshqa hududlarda bu ko‘rsatkichlar ancha past.

Kun davomida 2 nafar fuqaro koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi. Rasmiy ro‘yxatga olingan o‘limlar soni 1623 tani tashkil etmoqda.