O‘zbekistonga 135 875 doza Sputnik Light vaksinasi olib kelindi, deb xabar bermoqda SSV.

Shu bilan mamlakatda foydalanilayotgan vaksinalar soni 53,7 mln dozadan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Hozirgacha olib kelingan vaksinalar:

  • 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
  • 38 700 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi «Sputnik V»;
  • 6 322 860 dozasi Moderna;
  • 2 626 650 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  • 343 375 dozasi Sputnik Light.

Shundan bugunga qadar 44,9 mln dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanildi.

Ma’lumot o‘rnida, Sputnik Light bilan to‘liq emlanish uchun vaksinaning bir dozasini olish kifoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 17 yanvar kuni COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga yana 310 050 doza Pfizer vaksinasi olib kelingandi.