18 fevral kuni tonggi soat 03:30 da Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan yuk avtomobillari va ehtiyot qismlarini sotish do‘konida yong‘in kelib chiqdi. FVV bu haqda tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushganini ma’lum qildi.

Voqea «Bunyotobod» MFY «Yangi Sergeli» ko‘chasida sodir bo‘lgan va u yerga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:36 da yetib borib, yong‘inni 2 daqiqa ichida qurshab olgan. Soat 04:10 da yong‘in bartaraf etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa natijasida do‘konning 900 kv.m maydonida ichki shift qismi va tashqi alyukobond qoplamasi yonib ketgan. Hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmaganligi aytildi.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanayotgani ma’lum qilindi.