17 fevral kuni respublikaga COVAX dasturi doirasida 2 822 400 doza Moderna vaksinasi keltirildi. Bu haqda SSV xabar qilmoqda.

Shuning bilan, O‘zbekistonga foydalanish uchun keltirilgan vaksinalar miqdori 53 579 548 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

  • 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
  • 38 700 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi «Sputnik V»;
  • 6 322 860 dozasi Moderna;
  • 2 626 650 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  • 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan 44 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.

YUNISEF tomonidan O‘zbekistonga ushbu mexanizm doirasida hamda xayriya qilingan COVID-19 ga qarshi vaksinalarining umumiy soni 12,67 million dozaga yetdi. Ularning umimiy qiymati 97,4 million AQSh dollarini tashkil etadi.

2022 yilda O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida keltirilgan Moderna vaksinasining umumiy soni 3 322 800 dozaga yetdi. Qolaversa, 310 050 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi ham 2022 yilda aynan mazkur dastur doirasida mamlakatga olib kelingan. Shuning bilan, 2022 yilda jami 3 632 850 doza vaksina YUNISEF tomonidan COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga yetkazilgan.