O‘zbekiston aholisining katta qismi uchun oziq ovqat makonlarni “Halol” standartlariga rioya qilishi juda ham muhim. O‘zbekistondagi KFC restoranlari rahbariyati jahon miqyosidagi KFC brendining rasmiy franchayzing hamkori — International Foodchain MCHJ kompaniyasi nomidan to‘liq mas’uliyatni bo‘yniga olgan holda shuni ma’lum qiladiki, O‘zbekistondagi KFC restoranlarida tayyorlangan barcha mahsulotlar xalqaro “Halol” standartlariga to‘liq muvofiq:

  • birinchi kundan boshlab ziravorlardan tortib tayyor mahsulotgacha barcha KFC mahsulotlari “Halol” sertifikatiga ega;
  • tovuq go‘shtini yetkazib beruvchilar — Saxovat Broyler va Safi parrandachilik fermalari ham amal qilayotgan “Halol” sertifikatiga ega;
  • 2022 yil 1 yanvar kuni barcha standartlarga amal qilish darajasi jiddiy tekshiruvlardan o‘tkazilgandan keyin, O‘zbekistondagi KFC restoranlari Xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazining “Halol” sertifikatini qo‘lga kiritdi.


“Kompaniyamiz doim mehmonlarimiz haqida g‘amxo‘rlik qiladi. Shunday ekan, qat’iy xalqaro sifat standartlaridan tashqari „Halol“ standartlariga ham to‘la-to‘kis amal qilish biz uchun juda muhim, binobarin, biz mehmonlarimizga nafaqat totli, nafaqat ozuqa nuqtai nazaridan xavfsiz bo‘lgan, balki „Halol“ qoidalariga rioya qilish nuqtai nazaridan ham xavfsiz bo‘lgan taomlarni taklif etamiz. Biz har bir mehmonimizni benihoya qadrlaymiz, shuning uchun ham, ushbu standartlarga avval ham amal qilingan, hozir ham amal qilinmoqda va bundan keyin ham barcha holatlarda to‘la-to‘kis amal qilinadi”, — deb e’lon qilingan kompaniya rahbariyatining rasmiy xabarida.

Instagram: @kfcinuzbekistan
Facebook: fb.com/KFC.uz
Telegram: t.me/kfcuzbekistanofficial

Reklama huquqlari asosida.