O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish statistikasi pasayishda davom etmoqda. 16 fevral kuni 241 kishi koronavirus (avvalgi kun — 296) va 47 kishi pnevmoniya bilan kasallangan (52) . Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.

Pandemiya boshlanganidan buyon rasman qayd etilgan COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 234,6 ming nafarni tashkil etmoqda.

Foto: SSV.

Toshkent shahrida kasallanganlar soni 94 tadan kamaydi (bir kun avval 157 ta), Toshkent viloyatida esa 60 taga (49) yetdi. Boshqa hududlarda bu ko‘rsatkich 15 tadan oshmaydi.

Shuningdek, bir sutka davomida koronavirus ta’siridan 3 nafar o‘lim qayd etildi. Rasmiy ro‘yxatga olingan o‘limlarning umumiy soni 1612 nafarni tashkil etmoqda.