O‘zbekistonda juma va shanba kunlari ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatiladi. Bu haqda «O‘zgidromet» tomonidan e’lon qilingan shoshilinch axborotda xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, 11−12 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra shimoliy Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17−22 metr sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi.

11 fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlari va 12 fevral respublikaning qolgan hududlarida, tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin), kuchli bo‘lishi mumkin.