Prezident 8 fevral kuni «Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi [PQ-123-son] qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, bir tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy тадbirкорлик subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalari tugatiladi yoki xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirilgan holda xususiy sektorga sotiladi.

Davlat muassasalari majburiy tartibda Yagona g‘azna hisobvarag‘ida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.

2022 yil 1 apreldan boshlab:

  • Ochiq ma’lumotlar portalida foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda ko‘rish imkoniyatini yaratgan holda muassasalarning yuqori turuvchi tashkiloti, ko‘chmas mulk obyektlari, qurilishi tugallanmagan obyektlar va avtotransport vositalari, rejalashtirilgan va amalga oshirilgan xarajatlar tarkibi haqidagi va boshqa ma’lumotlarni (bundan tijorat siri mavjud yoki cheklangan holda tarqatiladigan ma’lumotlar mustasno) e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi;
  • davlat muassasalarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda hamda muassasa ustavi (nizomi)da uning tashkiliy-huquqiy shakli «davlat muassasasi» ekanligi kursatiladi;
  • xo‘jalik jamiyatlari ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari, Markaziy bank hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli aksiyalar va ulushlar davlat ulushlari hisoblanadi;
  • davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlariga tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlar va aksiyalar davlat ulushi hisoblanmaydi.

Mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi BHMning 100 ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan davlat muassasalarini 2022 yil 1 martdan 2023 yil 1 avgustga qadar eksperiment tariqasida auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladi. Qolaversa, prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat muassasalariga xo‘jalik jamiyatlarini ta’sis qilishni hamda ularning ustav kapitalida ishtirok etish taqiqlanadi.

2022 yil 1 sentabrga qadar:

  • barcha davlat muassasalari xatlovdan o‘tkazilib, ularning daromad keltiradigan faoliyatini ko‘rib chiqqan holda tashkili-huquqiy shakllari qonunchilik hujjatlariga mosligi o‘rganib chiqiladi;
  • bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalarini va ularga tegishli nosohaviy aktivlarni xususiylashtirish yoki ularni belgilangan tartibda tugatish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023 yildan boshlab har yili 1 mayga qadar davlat muassasalari faoliyati tahlil qiladi. Shuningdek, bir tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalarini xususiylashtirish yoki tugatish bo‘yicha takliflarni Davlat tender komissiyasiga kiritib boradi.

2022 yil 1 aprelgacha vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z tarkibidagi davlat muassasalarining qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat boji undirilmasdan DXMlar orqali ro‘yxatdan o‘tkazadi.