Bugun, 7 fevral kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoni antitsiklon pereferiyasi belgilaydi. Respublika bo‘yicha biroz yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor. Havo harorati +2…+7 daraja iliqni tashkil etadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ertaga, 8 fevral respublika hududiga Kavkaz hududilaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shimolda va tog‘li hududlarda qor yog‘adi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati -2 daraja sovuqdan, +3 darajaga iliq, kunduzi +3, +8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

9 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik hududning katta qismida to‘xtaydi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, kechasi va ertalab joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutiladi. Kechasi kuchsiz sovuqlar saqlanib turadi, kunduzi esa havo harorati +7…+10 daraja iliqgacha asta-sekin ko‘tarila boshlaydi.

Hafta o‘rtasidan O‘zbekistonga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelishi evaziga respublika bo‘yicha ob-havo o‘zgaradi.

O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tarilib, u me’yoriy qiymatlaridan yuqori bo‘ladi, haftaning oxiriga kelib, kunduzi havo harorati +12…+15 daraja, janubda +18…+20 darajagacha isiydi.

Haftaning katta qismida kechasi va ertalab tuman kuzatiladi. 7−8 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.