Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar va Oqqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Xolmirza Niyozov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Bu vaqtga qadar u Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi. Xolmirza Niyozov

Shuningdek, shu vaqtga qadar Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Farhod Omonov Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — viloyat hokimining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi. Farhod Omonov

Uning o‘rniga Oqqo‘rg‘on tumaniga Alisher Karimjonov hokim bo‘ldi. U tayinlovga qadar Quyi Chirchiq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari edi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi. Alisher Karimjonov