2021/2022-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar 1-semestr o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 1-mart etib belgilandi. Bu haqda Respublika ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi, deya xabar berdi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Ushbu muddat quyidagilar uchun amal qiladi:

  • to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;
  • to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;
  • tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;
  • o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar.

Xabarga ko‘ra, ushbu qaror ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalarining murojaatlarini inobatga olgag holda qabul qilingan.