«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda to‘yimli salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Kartoshka va marinadlangan bodringli salat


Kartoshkali salat — mazali va to‘yimli bo‘ladi. Bunday salatni ham iliq, ham sovuq holida iste’mol qilish mumkin.

Makkajo‘xori va pishloqli salat


Agar sizning ovqatlanish ratsioningizda oqsil kamlik qilayotgan bo‘lsa, unda makkajo‘xori va pishloqli salat tayyorlashingizni maslahat beramiz.

Qo‘ziqorin va bodringli salat


Qo‘ziqorin, bodring va tuxumdan tayyorlangan salat juda mazali va to‘yimli bo‘ladi. Faqat uchta asosiy ingrediyent va tayyorlash uchun ozgina vaqt zarur — qarabsizki, tushlik yoki kechki ovqat uchun ajoyib yegulik tayyor.

Nemischa salat


Qaynatilgan kartoshka va vetchinadan tayyorlanadigan bu salat Germaniyada juda ham mashhur bo‘lib, tayyorlanilishi oddiy bo‘lsada, ammo ta’mi juda ham mazali.

Tovuq go‘shti va pekin karamidan tayyorlanadigan salat


Yengil, ammo shu bilan birga to‘yimli bunday salat tushlik va kechki taom o‘rnini bemalol egallaydi. Shuningdek, bu salatni tayyorlash hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Rimcha salat


3 xil masalliq talab etiladigan juda mazali salatni uyda tayyorlab ko‘rishni tavsiya qilamiz. Go‘sht, qo‘ziqorin va rukkoladan tayyorlanadigan bu salat ovqatning o‘rnini bemalol bosa oladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15