«Aeroflot» aviakompaniyasiga tegishli, Sankt-Peterburg — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha AFL-2870 reysni amalga oshirayotgan samolyot Qozog‘istonda majburiy qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Bortida 56 nafar yo‘lovchi bo‘lgan havo kemasi mahalliy vaqt bilan 10:56 da Qizilo‘rda aeroportiga kelib qo‘ngan.

Samolyot yo‘lovchilardan biri — O‘zbekiston fuqarosi o‘zini yomon his qilgani tufayli qo‘nishga majbur bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, yo‘lovchi ayolga yurakdagi muammolari tufayli tibbiy yordam zarur bo‘lgan va samolyot ekipaji samolyotni yaqin aeroportda qo‘ndirish qarorini qabul qilgan.

Aerodromda qo‘nish amalga oshirilgach, yo‘lovchi ayol tez tibbiy yordam mashinasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tibbiy muassasaga olib ketilgan.

«Aeroflot» samolyoti 55 nafar yo‘lovchilari bilan Toshkent vaqti bilan 12:20da Samarqandga muvaffaqiyatli qo‘ngan.