1 fevral kuni «Toshshahartransxizmat» avtoparki uchun mo‘ljallangan 20 ta elektrobusdan iborat partiya Toshkentga yetib keldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi. ZK6126BEVG rusumli elekrobuslar Xitoyning Yutong Bus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Foto: «Toshshahartransxizmat».

«Toshshahartransxizmat» xabariga qayd etilishicha, elektrobuslar tez kunlarda yo‘nalishlarga chiqariladi.

Elektrobuslar bilan birgalikda 10 ta quvvatlash uskunasi ham olib kelindi.

Avvalroq «Gazeta.uz» 2022 yilda Toshkent uchun 741,4 mlrd so‘mga 390 ta avtobus va 6 mln dollarga 20 ta elektrobus sotib olish rejalashtirilayotgani haqida xabar qilgan edi.

2023−2025 yillarda yana 653 ta avtobus va elektrobuslar sotib olish rejalashtirilgan.