4−7 fevral kunlari respublika hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

4−6 fevral kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin va ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi.

4 fevralda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18−23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

5−6 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18−23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Foto: 6 fevral kuniga shamol tezligi tarqalishi xaritasi. Foto: O‘zgidromet.

5 fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va 6 fevral respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda 6−7 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.