Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Maxsudov Davronbek Rustamovich tayinlandi. Bu haqda qo‘mita Axborot xizmati xabar berdi.

U mazkur lavozimda avvalroq prezident maslahatchisi etib tayinlangan Muzaffar Komilovning o‘rnini egalladi.

Davronbek Maxsudov 2004—2012 yillar — O‘zbekiston prezidenti devoni xodimi, 2012−2018 yillar — Toshkent islom universiteti ilmiy kotibi, magistratura bo‘limi boshligi, Islomshunoslik kafedrasi mudiri, 2018−2020 yillar — O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO kafedrasi mudiri lavozimiga ishlagan.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.