Navoiy viloyatining Nurota tumaniga Fayziyev Azamat Ismatovich hokim etib tayinlandi. Mazkur masala 31 yanvar kuni xalq deputatlari Nurota tumani Kengashining navbatdan tashqari 33-sessiyasida ko‘rib chiqilgan va deputatlar ma’qullagan.

Azamat Fayziyev bunga qadar prezident administratsiyasi Mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘’basi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu vaqtgacha tuman hokimi lavozimida ishlagan Umarbek Xalilov 27 yanvardan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.