Shavkat Mirziyoyev hafta yakunida Xitoyga boradi

Hafta yakunida Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Pekin shahridagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyga boradi.

«UZIMEI byurokratik va noqulay tizim» — Jahon banki iqtisodchisi

Jahon banki iqtisodchisi Vinayak Nagaraj O‘zbekistonda UZIMEI mobil qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini «byurokratik, noqulay va fuqarolar uchun foydasiz», deb atab, u «O‘zbekistonni orqaga tortayotganini» ta’kidladi. Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev esa davlat organlari o‘z vazifasini bajara olmagani uchun ushbu tizimni «ikki karra telefon solig‘i» deb hisoblaydi. Bloger Shahnoza Soatova esa tizimning «beti qattiq» ekanligini aytdi. UZIMEI operatori tanqidlarga javob berishga harakat qilib ko‘rdi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar shahar hayotining afzalliklaridan bahramand bo‘lolmaydi — hisobot

Jahon bankining yangi hisobotida O‘zbekistondagi nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan ko‘plab mumammolar — noqulay infratuzilma va savollarni tug‘diradigan statistika tizimi haqida so‘z yuritiladi.

Ishni sudga qadar yuritishda yagona tergov axborot tizimi joriy etiladi

Prezident qarori bilan 1 maydan surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish va ishni sudga qadar yuritish bo‘yicha «Elektron surishtiruv va dastlabki tergov» axborot tizimi joriy etiladi. Tizimdagi jismoniy va yuridik shaxslarga oid ma’lumotlar surishtiruv va tergov organlarining so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi.

Endi arizalarni sudga taalluqli bo‘lmagani uchun rad etish taqiqlanadi

Prezident qarori bilan arizalarni sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli rad etish yoki ish yuritishni tugatish taqiqlanadi. Bu holatla arizalar ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan sudga o‘tkaziladi. Qolaversa, ma’muriy sudlarning qarorlari davlat organlari tomonidan ijro qilinmaganda, ularning mansabdorlari jarimaga tortiladi.

Inson qadri, halollik standartlari, pragmatik tashqi siyosat. Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining 100 maqsad

2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi 7 ta yo‘nalish va 100 ta maqsaddan tashkil topgan. 2022 yilda strategiyani amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasidagi tadbirlarga 55 trln so‘m va 11,7 mlrd dollar ajratiladi.

Toshkent hokimligi binolar yoshini ko‘rsatuvchi interfaol xaritani ishga tushirdi

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti poytaxt binolari yoshini aniqlashga yordam beruvchi Age Tashkent portalini ishga tushirdi. Sayt orqali shahardagi binolar qurilgan sana, ularning turi va boshqa ma’lumotlarni olish mumkin.

Adliya vazirligi shovqinga qarshi kurashni tartibga solishni taklif qildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda shovqinning salbiy ta’siriga qarshi kurashish masalalarini tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas. Adliya vazirligi shovqinga qarshi takliflar ishlab chiqdi. Qolaversa, vazirlik avtomobil yo‘llarida ovoz balandligini o‘lchash asboblarini o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganishni ham taklif qilmoqda.

3−4 fevral kunlari Senat yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi

Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida «Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida»gi qonun, ikkita xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilish masalasi va qator qonunlarga o‘zgartirish kiritish muhokama qilinadi. Shuningdek, 2021 yilgi davlat dasturi ijrosi bo‘yicha hukumat hisoboti eshitiladi.

Ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish vaqtinchalik to‘xtatildi

Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratiladigan maqbul ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga ikkilamchi bozor uchun kreditlarga talab yuqori bo‘lganligi bois OTBning 150 mln dollarlik mablag‘lari muddatidan oldin o‘zlashtirilishi sabab qilib ko‘rsatildi.

Zararli va yoqimsiz hidlarni huquqiy tartibga solish taklif etilmoqda

Adliya vazirligining qayd etishicha, qonunchilikda yoqimsiz hidlar va ularni tartibga soluvchi normalar o‘z aksini topmagan, shu sababli atrof-muhitni ifloslantiruvchi chiqindilar bilan bir qatorda, hid ta’sirining ruxsat etilgan maksimal darajasini huquqiy tartibga solish zaruriyati mavjud. Vazirlik tegishli takliflarni ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbiq maqsadida ma’sul idoralarga kiritdi.

Denov va Qiziriq tumanlari hamda Angren shahriga yangi hokimlar tayinlandi

Surxondaryo viloyatining Denov va Qiziriq tumanlari hamda Toshkent viloyatining Angren shahriga yangi hokimlar tayinlandi.

2021 yilda O‘zbekiston avtomobil bozorida holat qanday bo‘ldi?

2021 yilda mamlakat bo‘ylab 691,9 mingta avtotransport vositalari oldi-sotdisi amalga oshirilgan. Bu 2020 yilga nisbatan 12 foizga ko‘proq hisoblanadi. Shundan 194,4 mingtasini yengil avtomobillar tashkil etgan. Shuningdek, o‘tgan yilda O‘zbekistonda jami 13 mingta «inomarka» sotilgan va ularning yarmidan ko‘pi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Markaziy Osiyo yagona energohalqasi qanday ishlaydi?

«Energiya» muvofiqlashtirish dispetcherlik markazi direktori Xamidilla Shamsiyev Markaziy Osiyo va Janubiy Qozog‘iston yagona energetika halqasi qanday ishlashini tushuntirib berdi.

O‘zbekistonda yagona energohalqa yaratiladi

Keng miqyosda yuz bergan elektr ta’minotidagi uzilishlarning sabablaridan biri O‘zbekiston energetika tizimi 220−500 kVt kuchlanishli magistral liniyalarga to‘liq ulanmagani bo‘ldi, deya ta’kidlandi prezident qatnashgan yig‘ilishda. Shavkat Mirziyoyev energiya ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va elektr ta’minotini avtomatlashtirish loyihasini tayyorlashga ko‘rsatma berdi.

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

O‘zgidromet mazkur haftada respublika bo‘yicha asosan quruq va o‘rtacha iliq ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi. Dushanbadan payshanbaga qadar kunduzi iliq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Juma kuni esa harorat +11…+17 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekiston 2021 yilda $588 mlnlik «inomarka» lar import qildi

2021 yilda O‘zbekiston 26 ta xorijiy davlatlardan umumiy qiymati 588,2 mln dollarga teng 27 mingdan ortiq yengil avtomobil import qildi. Avtomobillar asosan Xitoy va Janubiy Koreyadan olib kelingan. Eksport qilingan avtomobillar soni esa 29 mingga yetdi, shundan 93 foizi Qozog‘istonga yetkazib berilgan.

Toshkentdagi DXMlar ID-kartalarni rasmiylashtirishni boshladi

Endi ID-kartani ichki ishlar bo‘limlaridan tashqari Toshkent shahrining tumanlari hamda Nurafshon shahridagi davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkin.

Tadbirkorlar 5,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Energetika vazirligi yanvar oyining 25 kunida tadbirkorlar 4,9 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganini aniqladi. Bu 280 ming xonadonning bir kunlik iste’moliga teng degani. Yetkazilgan zarar miqdori esa 5,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Mahallalarda hayot qaynashi kerak — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev yakshanba kuni o‘tkazilgan majlisda mahallalarda hayot qaynashi kerak, deya ta’kidladi. Har bir mahallada, sport maydonchalari, do‘kon, kutubxona va ovqatlanish joyidan tashqari, hammom ham barpo etish kerak, dedi prezident. Bolalar hammomga sport mashg‘ulotlaridan keyin borishlari mumkin, erkak va ayollar uchun bu joy haftaning har xil kunlarida xizmat ko‘rsatadi.

Mahallalar markazlari DXSH asosida rivojlantiriladi

Prezident mahalla va maktablarda sport maskanlari hamda kutubxonalar barpo etish bo‘yicha 3 xil tipdagi loyihani rad etdi. Shavkat Mirziyoyev mahalla markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish vazifasini qo‘ydi — tadbirkorlarga imtiyoz beriladi va buning evaziga ijtimoiy mas’uliyat yuklanadi.

«Gazeta.uz»da chiqqan maqolalar

Muzey yashaydi. Poytaxtdagi parovozlar muzeyi rekonstruksiyasi qanday kechmoqda?

2021 yil iyun oyidan buyon Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Muzey rekonstruksiya paytida atayin tashrif buyuruvchilar uchun yopilmadi. «Gazeta.uz» muxbiri Natalya Silkina muassasa direktori bilan muzey fondini to‘ldirish, uning rekonstruksiyasi va kelajagi haqida suhbatlashdi.