28 yanvar, juma kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuchli qor yog‘di. Fotosuratchi Azamat Matkarimov qor qoplagan Nukus suratlarini «Gazeta.uz» bilan bo‘lishdi.

Kunning ikkinchi yarmida termometr ko‘rsatkichi 1−2 daraja sovuqqa tushib, yo‘llarda muz qoplamasi hosil bo‘ldi.

Biroq obodonlashtirish xizmati xodimlari o‘z vaqtida harakat qilib, yo‘lga qum sepishdi, deydi fotograf.

Kechasi sovuqlar kuchayib, shanba kuni tushdan keyingina termometr noldan yuqoriga ko‘tarildi.


28 yanvar kuni ham mintaqada shamol kuchaydi. Shamol elektr tarmoqlariga zarar yetkazgan. Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan. Nosozliklarni bartaraf etish va elektr ta’minotini tiklash uchun favqulodda ekipajlar jalb qilingan.


Qoraqalpog‘iston uchun qor kamdan-kam uchraydigan hodisa, deydi Azamat Matkarimov.

«O‘tgan yili u faqat bir marta, balandligi 6−7 sm gacha qqan, ertasi kuni esa erib ketgan edi. Keyin yana bir necha marta tushdi, lekin hatto yerni to‘liq qoplashga ulgurmadi. Shu bois Nukusdagi qor odamlar va bolalar uchun juda kam uchraydigan quvonch, deb aytishimiz mumkin — texnik xizmatlar uchun emas, albatta, — dedi u.


Do‘stlik kanali ustidagi ko‘prik.


Do‘stlik kanali.


Azamat Matkarimov ham so‘nggi paytlarda shaharda ko‘plab chiqindi qutilari paydo bo‘lganini ta’kidladi. Obodonlashtirish xizmati xodimlari, fotografning so‘zlariga ko‘ra, tozalik, yashil maydonlar va gulzorlarni nazorat qilmoqda.