«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda limondan tayyorlanadigan pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Limon po‘sti solib pishirilgan tvorogli kekslar


Bu keks uchun kerakli masalliqlarning hammasi bitta idishga solinadi, mikserda ko‘pirtirilib, gaz pechida pishirib olinadi. 40 daqiqadan so‘ng esa mazali yegulikdan bahramand bo‘lish mumkin.

Limonli to‘rtburchaklar


Bu mashhur amerikancha shirinlik bo‘lib, ushbu pishiriqlar yumshoq qumoq xamir va shirin va nordon asosdan iborat. Ularni tayyorlash qiyinchilk tug‘dirmaydi, natijasi esa albatta sizni qoniqtiradi.

Limonli pechenelar


Eng oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan limonli pechenelarning ichi yumshoqina bo‘lib pishadi ta’mi esa sizni lol qoldirishi aniq.

Limonli pirog


Limonning nordongina ta’mi bilan juda ham mazali chiqadigan bu pishiriq barchaga yoqadi degan umiddamiz.

Limonli keks


Limon va vanilning nozik hidlari bilan xushbo‘ylashgan — ushbu keks hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.

Jem bilan pishirilgan limonli pechene


Ushbu pishiriqda mayin qumoq xamir, limon va olchali murabbolarining yorqin ta’mlari ajoyib tarzda uyg‘unlashadi. Ayniqsa sovuq mavsumda choy ichish uchun ideal qo‘shimcha.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15