28 yanvar kuni Unitel MCHJ (Beeline) ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining tayanch kommutatorlarida soat 9:42 dan 10:21 gacha internet xizmatlari ishlamay qoldi.

«O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bunga dasturiy ta’minotdagi nosozlik sabab bo‘lgan. Hozirda mazkur nosozlik bartaraf etilgan.

«O‘zkomnazorat davlat inspeksiya tomonidan „Unitel“ MCHJga kelgusida bu holatlarning takrorlanishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berildi», deyiladi xabarda.