Harbiy tavsiyanoma uchun
imtihon — foto
Foto: Madina Aʼzam / “Gazeta.uz”
25 yanvardan boshlab respublika miqyosida muddatli harbiy xizmatchilar OTMlarga kirishda imtiyoz beradigan tavsiyanomalar uchun test sinovlaridan o‘tmoqda. Toshkent garnizonidagi xarbiy qism va muassalalarda hizmat qilayotgan harbiylarning imtihon jarayoni — “Gazeta.uz” muxbiri Madina Aʼzam fotoreportajida.

Suratlarni kattalashtirish uchun ularning ustiga bosing.

25 yanvar kuni respublika miqyosida muddatli harbiy xizmatchilar O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz beradigan tavsiyanomalar uchun test sinovlaridan o‘tishni boshladi.

Har bir askarga taqdim etilgan test kitobidan maʼnaviy-maʼrifiy, jangovar tayyorgarlik, fizika-matematika fanlaridan tuzilgan 100 ta savol joy olgan. Tavsiyanoma olgan harbiylarga OTMga kirish imtihonlarida to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha imtiyozli ball beriladi.

Shuningdek, ular OTMga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Shunday imtihonlardan biri 25 yanvar kuni Toshkent Gornizonida joylashgan xarbiy qism va muassalalarda hizmat qilayotgan muddatli harbiylar xizmatchilar uchun bo‘lib o‘tdi.
Toshkent harbiy okrugi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi bo‘lim katta ofitseri, podpolkovnik Elyorjon Meliboyevning taʼkidlashicha, harbiy qismlardagi tibbiyot punktlarida askarlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va sog‘lig‘ida muammo bo‘lmaganlari imtihonda qatnashmoqda.
«Harorati yuqori bo‘lgan xizmatchilar esa shifoxonaga yotqizildi. Intizomni qo‘pol ravishda buzib, xarbiy qism komandirini tegishli buyrug‘i bilan tavsiyanoma berishi taqiqlangan askarlar testga jalb qilinmadi. Testda qatnashgan askarlarning 40 foizi tavsiyanoma olish imkoniyatiga ega. Beriladigan tavsiyanoma bilan askarlar barcha davlat OTMlariga ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi», — deydi podpolkovnik.
Harbiy xizmatchilardan biri xizmat vaqtida turli fanlardan tayyorgarlik ko‘rganini aytdi.

«Men harbiy xizmatga kelib, bu yerda turli fanlarni o‘qib-o‘rgandim. Bugun imtihonda tushgan savollarga yozgan javoblarimdan qoniqdim. OTMga kirish uchun tavsiyanoma olsam, Farg‘ona politexnika universitetiga topshiraman. Test jarayonida hayajon bo‘lmadi, chunki avval ham DTM testida qatnashib, ko‘nikma xosil qilganman, — dedi Sherzod Vasiljonov.
реклама
реклама
Imtihon yakunida testda belgilagan javoblaridan mamnun bo‘lgan xizmatchilar ham uchradi.

«Testda savollar 1 yillik xizmat davomida o‘qib-o‘rganganlarimizdan tushdi. Tayyorgarligimdan qoniqqan edim, shuning uchun testni 1 soatga qolmay yechib chiqdim. Imtiyoz olganimdan so‘ng, Arxitektura institutiga kirmoqchiman», — dedi Abdujalil Shavkatov.
Xizmatchilardan yana biri kelgusida IT sohasida faoliyat yuritishni maqsad qilganini so‘zlab berdi.

«Imtihondan avval, menda biroz hayajon bor edi, test kitobini olib, savollarga ko‘z yugurtirganimdan so‘ng xursand bo‘ldim. Sababi yozilgan savollar qiyin emasligini ko‘rdim, balki o‘qib-o‘rganganim uchun shunday tuyulgandir. Muddatli harbiy xizmatni tamomlab, ingliz tilini o‘rganmoqchiman. Kelajakda IT sohasi mutaxassisi bo‘lishni istayman», — deydi Shahriyor Mo‘ydinov.
реклама
реклама

Fotosuratlar va matn muallifi: Madina Aʼzam.

Material Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

“Gazeta.uz” internet-nashri saytida eʼlon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan quyidagi havolada tanishish mumkin.


Qiziqarli narsalarni bilasizmi, u haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting