Respublikada 70 foiz elektr energiya ta’minoti tiklangandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi matbuot xizmati rahbari Elmira Bekmuradova ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, yuzaga kelgan nosozlik tufayli mamlakatdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda.

«Bu esa o‘z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelmoqda. Shu sababli IESlarda gaz bosimining kamayishi mavjud. Bu esa elektr energiyani ishlab chiqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda», — degan u.

Shu sababli 26 yanvardan:

  • Avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatiladi;
  • Yuridik iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.

Iste’molchilarni elektr energiya bilan barqaror ta’minlash maqsadida ishlab chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘liq hajmda IES, ijtimoiy soha obyektlari, aholiga yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekneftgaz tizimidagi 64 ta kon hamda neft va gaz ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani aytilgandi. Shuningdek, «Xududgazta’minot» kompaniyasi tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o‘chirish vaqtinchalik to‘xtatilganini ma’lum qilgandi.

Video