DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi hududida joylashgan uylardan birida xufiyona joyga yashirib qo‘yilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 436 dona Redmi Note 10s uyali telefon apparatlari borligi aniqlandi, deb xabar berdi O‘zA.

Kontrabanda mahsulotlari Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, Q. U.ning (1977 y. t.) yashash xonadonidan topilgan va protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Foto: O‘zA

Tergovga qadar tekshiruv davomida Q. U. umumiy qiymati qariyb 935 mln so‘mni tashkil etuvchi mazkur telefon apparatlarini kelgusida sotish maqsadida Qirg‘iziston fuqarosidan olganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda Q. U.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.