Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi tomonidan 2021 yilda 52 mingdan ortiq menat va mehnatni muhofaza qilish qonun talablari buzilgani aniqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva AOKAda o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Davlat mehnat inspeksiyasiga 2021 yil davomida mehnat munosabatlariga oid jami 24 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 14 455 tasi qanoatlantirilgan, 8 784 tasiga tushuntirish berilgan. Shuningdek, 16 105 ta tashkilot va korxonalarda o‘rganishlar o‘tkazilgan va mehnat sohasiga oid 11 963 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida qonunbuzilishi holatlarni bartaraf etish maqsadida ish beruvchilarga 1000 ta yozma ko‘rsatma hamda 2 169 ta taqdimnoma kiritilib, 11 141 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 20 mlrd so‘mdan ortiq ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Tekshirishlar: 2021-yilda mehnat va mehnatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan 27471 ta (2020 yilda — 19226 ta) tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazildi. Buning natijasida esa 52 530 ta (2020 yilda 40081 ta) mehnat va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonun talablari buzilganligi aniqlangan.

Qonun buzilish holatlari ulushi:

  • ish haqini to‘lamaslik bo‘yicha — 12,31%,
  • mehnat shartnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha — 6,18%,
  • mehnat ta’tillar bo‘yicha — 4,89%,
  • ishdan noqonuniy bo‘shatish — 4,19%,
  • bo‘sh ish o‘rinlarni yashirish — 10,05%,
  • xodimlarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha — 3,52%,
  • mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘qitish — 15,66%,
  • mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xodimlarni yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish bo‘yicha — 16,0%,
  • mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarida attestatsiya o‘tkazish — 4,1%,
  • xodimlarni shaxsiy va jamoaviy himoya vositalar bilan ta’minlash — 5,28%,
  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish, rasmiylashtirish bo‘yicha — 4,3%,
  • ish va dam olish vaqtiga rioya etmaslik — 1,27%
  • boshqa masalalar bo‘yicha — 12,25% tashkil qilgan.

Majburiy mehnat: paxta mavsumida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid 146 ta murojaat kelib tushgan. Shuningdek, 13 mingdan ortiq monitoringlar o‘tkazilgan bo‘lib, monitoringlar davomida 65 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanildi.

Natijada, 5 nafar mansabdor shaxslar majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi, 21 ta holatda mehnat shartnomasi tuzilmaganligi, 25 ta holatda mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 14 ta holatda terim pullarining o‘z vaqtida to‘lamaslik faktlari aniqlangan. 5 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha esa 48 ta holatda yozma ko‘rsatma kiritilgan.

O‘tkazilgan tekshirishlar davomida 19967 ta mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun buzilishi aniqlangan. 1970 nafar aybdor shaxsga jami 3 mlrd 340 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, o‘tgan yilda ishlab chiqarish bilan bog‘liq 810 ta baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Ularning 54 tasini guruhiy baxtsiz hodisa, 558 tasini esa og‘ir baxtsiz holisa tashkil qilgan. Shuningdek, yana 198 ta holatda hodisa o‘lim bilan tugagan.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar natijasida 907 kishi jarohatlangan, ulardan 238 nafari halok bo‘lgan, 632 nafarii og‘ir tan jarohatini olgan va 37 nafari yengil turdagi jarohatlar olgan.

Baxtsiz hodisalar natijasida 596 nafar aybdor mansabdor shaxslar jami 1 mlrd 380,9 mln so‘m jarimaga tortilgan qo‘llash bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilgan va 199 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.