Quyuq tuman tushib, ko‘rish masofasi 300 metrgacha qisqargani sababli Toshkent xalqaro aeroporti samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Bu haqda Uzbekistan Airports kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xuddi shu sabab bilan Nukus — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan HY16 reysi Navoiydagi zaxira aeroportiga qo‘ndirildi.

Shu bilan bir qatorda, beshta samolyot ekipajlari uchishga qaror qilishdi. Xususan, Toshkentdan quyidagi reyslar amalga oshirildi:

HY 303 — Toshkent — Tel-Aviv,

KC 128d — Toshkent — Olmaota,

HY 3601 — Toshkent — Moskva,

HY 3631 — Toshkent — Sankt-Peterburg,

HY 9687 — Toshkent — Krasnodar.

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Markaziy Osiyo energotizimidagi ommaviy uzilish sababli, Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlari, jumladan Namangan, Andijon, Farg‘ona, Termiz, Qarshi, Urganch, Buxoro, Nukus va Samarqanddagi aeroportlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi. Elektr ta’minoti tiklanishi bilan Toshkent, Andijon, Samarqand va Nukus aeroportlari yana ish boshladi.