Seshanba kuni tunda bir necha soatda beri elektr energiyasi o‘chgan Toshkentga qalin tuman tushdi. Shahar aholisi poytaxtda yana chang konsentratsiyasi kuchayayotganligini taxmin qilishdi.

O‘zbekiston gidrometeorologik xizmati markazining xabar berishicha, havoning kuchli sovishi natijasida namlikning kichik zarralaridagi qattiq mayda suspenziyalar suv tomchilari bilan birga yerga to‘plandi.

«O‘zgidrometning havo ifloslanishini avtomatik monitoring olib borish stansiyalarining ma’lumotlariga ko‘ra, PM10 (10 mikrometr diametrli zarralar — tahr.) ning miqdori 111,2 mkg/m3 ni tashkil etadi, bu O‘zbekistonda belgilangan maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyalarning (ruxsat etilgan konsentratsiyasi — 500 mkg/m3) qiymatlaridan oshmaydi», — deyiladi xabarda.

Toshkent xalqaro aeroporti quyuq tuman tushishi munosabati bilan samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Biroq Toshkentdan Tel-Aviv, Olmaota, Moskva, Sankt-Peterburg va Krasnodarga reyslar amalga oshirildi. «Nukus — Toshkent» reysi samolyoti Navoiydagi zahira aerodromga yuborildi.