2022-yilning yanvar oyidan boshlab Humans mijozlari uchun Toshkent metrosida mobil aloqa va internetdan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Aloqa metropolitenning barcha bekatlarida mavjud. Internetni tezligi nafaqat messenjerlardan foydalanish, balki video-qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, YouTube`da roliklar ko‘rish, sevimli qo‘shiqlarni tinglash, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish va humans.uz ilovasi orqali pul o‘tkazish uchun yetarlidir.

Bundan tashqari, Humans foydalanuvchilari yo‘l haqini kontaktsiz — O‘zbekistonda yaqinda qo‘llanila boshlangan NFC-texnologiyalari yordamida to‘lashlari mumkin. Metrodan foydalanish uchun yo‘l chiptasini sotib olish kerak emas. Humans Visa kartasini turniketga tekkizsangiz, kifoya. Bunda kartadan avtomatik tarzda yo‘l haqiga teng bo‘lgan miqdorda pul yechib olinadi.

«Har birimiz uchun oilamiz va yaqinlarimiz bilan doimo aloqada bo‘lishimiz muhimdir. Shuning uchun biz foydalanuvchilarimiz endi metroda ham aloqada qolishlaridan xursandmiz. Yo‘lovchi metroda aloqasiz qolmaydi, unga qo‘ng‘iroq qilib, ulanish mumkin bo‘ladi. Internet esa yo‘lda vaqtni qiziqarli va samarali o‘tkazishga yordam beradi. Yo‘l haqini to‘lash ham endi juda qulay bo‘ldi. Yo‘l haqi kartasida qancha mablag‘ qolganini tekshirib ko‘rish va uni to‘ldirishga hojat yo‘q. Ushbu jarayonlarni Humans Visa kartasi yordamida amalga oshirish mumkin. Kontaktsiz to‘lov esa bu murakkab davrda o‘zingizni asrashga hamda yo‘l vaqtini qulay va xavfsiz o‘tkazishda yordam beradi», — dedi Humans rahbari va asoschisi Vladimir Dobrыnin.

Ilovani App Store yoki Google Play orqali yuklab olishingiz mumkin.

Yagona call-sentr: 1234.

Telegram: t.me/humansuz
Instagram: @humans.uz
Facebook: fb.com/HumansUz

Reklama huquqlari asosida.