24 yanvar kuni ertalab Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyod ko‘chasida joylashagan omborxonada yong‘in yuzaga keldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati bu haqda xabar berdi.

Unga ko‘ra, tuman FV bo‘limiga soat 09:58 da yong‘in to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:04 da yetib borgan va yong‘in soat 10:57 da qurshab olingan. Hozirgi paytda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra omborxonaning taxminan 250 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismida saqlanayotgan mahsulotlar yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q», — deyiladi xabarda.