Ukrainaning Rossiya bilan chegaradagi holati fonida sodir bo‘layotgan so‘nggi voqealar

AQSh Davlat departamenti AQShning Kiyevdagi elchixonasi xodimlari va ularning yaqinlariga «Rossiya harbiy harakatlari tahdidi saqlanib qolayotganligi tufayli» Ukrainani ixtiyoriy ravishda tark etishga ruxsat berdi. Buyuk Britaniya AQShdan keyin Kiyevdagi elchixonasi xodimlarini chaqirib olishni boshladi, deya xabar berdi BBC.

Shuningdek, Avtraliya va Germaniya ham o‘z diplomatlarining oilalarini Ukrainadan evakuatsiya qilishni boshladi — RBK.

Ukrainaga harbiy yordam

AQShning yangi harbiy yordam paketining ikkinchi partiyasi Ukrainaga yetib keldi. U 80 tonna quroldan iborat. Va bu oxirgisi emas, dedi Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari Oleksiy Reznikov. Bir kun avval mamlakatga 90 tonnalik qurollarning birinchi partiyasi yetkazilgan edi. Avvalroq, Qo‘shma Shtatlar mudofaa ehtiyojlari uchun Ukrainaga 200 mln dollar miqdorida qo‘shimcha yordam bergan edi. 2021 yilda AQShning Ukrainaga harbiy yordamining umumiy miqdori rekord darajadagi 650 mln dollarni tashkil etdi. 2014 yildan beri Ukrainaga 2,7 mlrd dollar miqdorida yordam ko‘rsatilgan — - Kommersant’.

AQShning Sharqiy Yevropa va Boltiqbo‘yiga qo‘shin kiritilish ehtimoli

AQSh prezidenti Jo Bayden Boltiqbo‘yi va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga qo‘shin, havo kuchlari va dengiz flotini joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar beradi The New York Times. Unga ko‘ra, mingtadan 5 mingtagacha askar yuborish varianti o‘rganilmoqda, agar vaziyat yomonlashsa, bu sonni o‘n barobarga (50 mingtagacha) oshirish imkoniyati mavjud. NYT yozganidek, Mudofaa vazirligining yuqori martabali amaldorlari shanba kuni prezidentga ehtimoliy variantlarni taqdim etgan. Davlat rahbari shu hafta qaror qabul qilishi kutilmoqda. Harbiylarning bir qismi AQShdan, bir qismi Yevropaning boshqa qismlaridan yuborilishi mumkin. Variantlarning hech biri Ukrainaga qo‘shin yuborishni nazarda tutmaydi.

Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi haqida

G‘arb davlatlari Rossiyani Ukrainaga bostirib kirishi oqibatlaridan ogohlantirmoqda. AQSh prezidenti Jo Baydening fikricha, prezident Vladimir Putin Ukraina atrofidagi vaziyatning yanada rivojlanishiga doir yakuniy qarorga kelmaganini aytdi. Rossiya hujum rejalarini rad etmoqda, biroq harbiy provokatsiyalarni istisno qilmasligini ma’lum qilgan. Vaziyatning keskinlashuvi Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani fonida ro‘y bermoqda — Kommersant’.


Yangi Zelandiya bosh vaziri COVID-19 cheklovlari tufayli o‘z to‘yini bekor qildi

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatdagi yangi koronavirus cheklovlari haqidagi matbuot anjumanida o‘zining to‘yi bekor qilinganini e’lon qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Omikron shtammi tufayli Yangi Zelandiya 24 yanvardan xavfsilikning «qizil» darajasiga o‘tmoqda. Tug‘ilgan kunlar va to‘ylar kabi tadbirlarda emlangan 100 dan ortiq va mehmonlar emlanmagan bo‘lsa 25 dan ortiq kishiga ruxsat berilmaydi, dedi Ardern.

«Bu hayot. Men minglab yangi zelandiyaliklardan farq qilmayman», dedi Yangi Zelandiya bosh vaziri matbuot anjumanida.


JSST COVID-19 pandemiyasi 2022 yilda tugashi mumkinligini ma’lum qildi

Agar kompleks chora-tadbirlar ko‘rilsa, COVID-19 pandemiyasi 2022 yilda tugashi mumkin, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus dushanba kuni JSST ijroiya kengashining 150-sessiyasi ochilishida. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Agar mamlakatlar ushbu strategiya va vositalardan to‘liq foydalansa, biz bu yil pandemiyaning o‘tkir bosqichini tugatishimiz mumkin. Biz COVID-19'ni global sog‘liqni saqlash favqulodda holati sifatida tugatishimiz mumkin, dedi u.

COVID-19'ni pandemiya sifatida tugatish uchun har bir mamlakat aholisining 70 foizi emlanishi kerak, ayniqsa xavf ostida bo‘lgan guruhlarga e’tibor berish kerak. Shuningdek, samarali klinik davolashni joriy etish, jumladan, diagnostika, kislorod va antiviral vositalarga tibbiy yordam ko‘rsatish nuqtasida teng foydalanishni joriy etish orqali virusdan o‘limni kamaytirish kerak. Yangi variantlarning paydo bo‘lishini kuzatish va baholash uchun virusni yaqindan kuzatib borish va kerak bo‘lganda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy choralardan foydalanish muhim, deya qo‘shimcha qildi tashkilot rahbari.


Burkina-Faso prezidenti harbiylar tomonidan hibsga olingani aytilmoqda

Reuters va Fransiyaning RFI radiostansiyasi Burkina-Faso prezidenti Roka Kabore mamlakatda isyon ko‘targan harbiylar tomonidan hibsga olingani haqida xabar berdi.

Davlat rahbari harbiy shaharchada ushlangan. Bu shahar armiyaning umumiy shtab-kvartirasi va qamoqxona joylashgan Sangule-Lamizana lageri bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Unda 2015 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishda qatnashgan askarlar ham bor. Roke Kabore hibsga olingani haqida birinchi bo‘lib Reuters xabar berdi. Agentlik manbalari mamlakat xavfsizlik xizmatidagi ikki kishi va G‘arbiy Afrikaning ma’lum bir davlatidan bir diplomat bo‘lgan, ularning ismi aytilmagan.


Bryusseldagi namoyishlarda 15 kishi yaralandi

Belgiyaning Bryussel shahrida sanitariya choralariga qarshi namoyishlarda 70 ga yaqin odam hibsga olindi. 60 ga yaqin kishi ma’muriy qamoqqa olingan, o‘n nafari sudda hibsga olingan. Kamida uch nafar politsiyachi va 12 nafar namoyishchi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Kommersant’.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishda 50 mingga yaqin odam qatnashgan. Politsiya suv purkagichlari va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Namoyishchilar bar va kinoteatrlarga tashrif buyurish uchun qayta emlash talabiga qarshi chiqqani aytildi.


Turkiyada kuchli qor bo‘roni sabab Istanbul aeroportida barcha reyslar to‘xtatildi

24 yanvar, dushanba kuni Istanbul aeroportidagi barcha reyslar qorli ob-havo sharoiti tufayli to‘xtatilgan. Bu haqda RIA Novosti xabarberdi. Noqulay ob-havo Turkiyaning turli mintaqalarida ko‘plab baxtsiz hodisalarga olib keldi. Meteorologlar qor yog‘ishi kuchayib, bir hafta davom etishi haqida ogohlantirdi.