Qonunchilik palatasida «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonun loyihasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar berdi Rasul Kusherbayev.

Ta’kidlanishicha, yangi qonunning maqsadi O‘zbekiston kibermakonida kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Loyihaga asosan kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib Davlat xavfsizlik xizmati belgilanmoqda. Qonunda uning vakolatlari, huquq va majburiyatlari aks ettirilgan.

Bundan tashqari, loyihada milliy kiberxavfsizlik sanoatini rag‘batlantirish, rivojlantirish uchun huquqiy bazani yaratish, jumladan davdat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish, kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, milliy operatsion tizim va dasturiy ta’minotlar yaratish kabi vazifalar belgilangan.

Loyihada kiberxavfsizlik terminiga izoh berilgan bo‘lib, u «axborot xavfsizligi bo‘lib, u shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish holatini anglatadi».