OTM, kollej va litseylarda o‘quv yilining ikkinchi yarmi onlayn tarzda boshlanishi munosabati bilan Uzbekistan Airways chiptalar masalasida qo‘shimcha bayonot bilan chiqdi.

2022-yil 23-fevralgacha, shu jumladan, bepul parvozlarga chegirma saqlanib qolgan holda, 24-yanvargacha bo‘lgan aviaqatnovlarga 50% chegirma bilan xarid qilingan aviachiptalarni 23-fevralga qadar bepul qayta bron qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, talabalar OTM dekanatidan ma’lumotnoma va talabalik guvohnomasini taqdim etsalar, xarid qilayotgan savdo joylaridan 50% chegirma bilan aviachiptalarni rasmiylashtirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni kechasi SSV va SanEpid xizmatining taklifiga asosan 24 yanvardan boshlab barcha oliy davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda barcha ta’lim shakllari va turlari bo‘yicha ta’lim masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazilishi belgilandi.

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, 21 yanvar soat 9:30 dan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10−06, 71−246−97−45, 71−246−28−63) murojaat qilish mumkin.