“Vaqf” xayriya jamoat fondi 2021 yilda 69 mlrd 22 ming 690 so‘mdan ziyod mablag‘ni xayriya sifatida sarflagan. Bu haqda fond matbuot xizmati rahbari Saidabror Umarov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘lar xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar, aksiyalar hamda homiylar va hamkor tashkilotlar orqali kelib tushgan.

Mablag‘lar quyidagi yo‘nalishlarda sarflangan:

  • Diniy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun — 1 mlrd 120,6 mdn so‘m;
  • Diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun — 5 mlrd 573 mln so‘m;
  • Diniy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalar to‘lov shartnomasi uchun — 840 mln so‘m;
  • Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar talaba farzandlarini qo‘llab-quvvatlash uchun — 15,4 mln so‘m;
  • Masjidlar qurilishi uchun — 932,9 mln so‘m;
  • Masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun — 36 mlrd 798,4 mln so‘m;
  • Uylari yong‘indan talafot ko‘rgan fuqarolarga moddiy yordam uchun — 90 mln so‘m;
  • Nochor, ko‘makka muhtoj fuqarolarga turli moddiy ko‘rinishda berilgan yordamlar uchun — 6 mlrd 818 mln so‘m;
  • Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan, nogironligi bor bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun — 3 mlrd 600,5 mln so‘m;
  • Turli xayriya tadbirlari uchun — 1 mlrd 736,5 mln so‘m;
  • Viloyat vakilliklarining ma’muriy harajatlari uchun berilgan moddiy yordam — 1 mlrd 116,7 so‘m;
  • Aholi uchun toza ichimlik suvi chiqarishga — 290,6 mln so‘m;
  • O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi moddiy texnik bazasini boyitish uchun — 90 mln so‘m;
  • Diniy soha xodimlari va diniy ta’lim muassasa ustoz-murabbiylari, talabalari va texnik xodimlarini pandemiya davrida moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun — 10 mlrd so‘m mablag‘lag‘lar faqatgina xayriya ishlari uchun sarflangan.

Qolaversa, yil davomida ichimlik suvi tanqis bo‘lgan hududlar uchun 79 ta artezian va minorali suv inshootlari, jumladan, Qoraqalpog‘istonda 76 ta, Qashqadaryoda 2 ta, Surxondaryoda 1 ta qurilgan.

Shuningdek, loyiha doirasida 4 ta viloyatning qandolatchilik, tikuvchilik va hunarmandlik kasbiga ega ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning 103 nafariga kerakli asbob-anjomlar xayriya qilinib, ish bilan ta’minlangan.