Endilikda O‘zbekistonda 5 yoshdan 11 shgacha bo‘lgan bolalarni ham koronavirusga qarshi emlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov brifingda ma’lum qildi.

Keltirilishicha, hozirda 5−11 yoshli aholini ham emlash bo‘yicha alohida ko‘rsatma tayyorlangan.

“Demak 6 dozali vaksinani samarali ishlatish uchun biz bir paytning o‘zida emlash punktiga 18−20 nafar bolalarni yig‘ib olib, keyin bir vaqtda emlashimiz nazarda tutilgan”, — dedi Nurmat Otabekov.

“Pfizer” vaksinasi bilan 12 yosh va undan katta bo‘lgan aholini emlash uchun 0,3 ml emlash dozalari ishlatilgan bo‘lsa, 5 — 11 yoshdagi bolalarni emlash uchun 0,1 ml doza qo‘llaniladi.