Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Daniyarov Abatbay Saparbayevich tayinlandi, deb xabar berdi Kengashning Axborot xizmati.

U mazkur lavozimda Jumanov Muratbay Arepbayevichning o‘rnini egalladi.

Abatbay Daniyarov shu vaqtgacha Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Abatbay Daniyarov Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining Yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari qo‘mitasi raisi, deputat hisoblanadi.

2021 yilgi O‘zbekiston prezidenti saylovi paytida Abatbay Daniyarov O‘zLiDeP partiyasining nomzodi Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istondagi ishonchli vakili bo‘lgan edi.