Ijtimoiy tarmoqlarda Sevimli telekanali orqali namoyish etilayotgan «Sabriya» milliy serialidagi ahloqsizlik sahnalari jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Mazkur holatga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi munosabat bildirib, holat yuzasidan o‘rganish ishlarini boshladi.

«Holat yuzasidan tekshiruv ishlari agentlik tomonidan nazoratga olinib, ekspertiza tayinlandi», — deyiladi xabarda.

Ekspertiza natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.

Bu ilk holat emas. 2018 yilda ham «Sevimli» telekanali rahbariyati qattiq ogohlantirilgan edi. O‘shanda 5 iyul kuni coat 21:10 da efirga uzatilgan «Hurliqo» («I feel pretty») badiiy filmining 45-daqiqasida behayo mazmundagi sahna mavjudligi aniqlangan edi.