19 yanvar kuni Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev boshchiligida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining navbatdan tashqari 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, sessiyada Ergash Saliyev Paxtakor tumani hokimi lavozimiga Ashurov Asilbek Raxmonovich nomzodini tavsiya qilgan. Deputatlar esa nomzodni bir ovozdan ma’qullashgan.

Tayinlovga qadar Asilbek Ashurov Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari bo‘lib faoliyat olib borayotgandi.

U mazkur lavozimda Paxtakor tumani hokimi sifatida 2018 yilning 4 aprelidan buyon ishlab kelayotgan Shukrullo Boboyevning o‘rnini egalladi.

Unga qadar Shukrullo Boboyev 2016—2017 yillarda Toshkent viloyati hokimi sifatida ishlagan.